O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida


Download 133.75 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi133.75 Kb.
#1563435
Bog'liq
Hikmatov Lochin Uzluksiz pedagogika


1 O’zbekis1ton Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilindi?

+ 2017-yil 7-fevral


2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoniga binoan nechta ustuvor yo’nalishi belgilandi?


- 5 ta

3 “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?


- Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish

4 Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?


- Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish;

5 “Kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilash, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash” vazifasi kadrlar tayyorlash milliy modelining qaysi tarkibiy qismi tomonidan amalga oshiriladi?


- Ishlab chiqarish


6 “Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir” vazifasi kadrlar tayyorlash milliy modelining qaysi tarkibiy qismi tomonidan amalga oshiriladi?


- Davlat va jamiyat

7 “Malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi” vazifasi kadrlar tayyorlash milliy modelining qaysi tarkibiy qismi tomonidan amalga oshiriladi?


- Uzluksiz ta’lim


8 “Kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir” vazifasi kadrlar tayyorlash milliy modelining qaysi tarkibiy qismi tomonidan amalga oshiriladi?


- Shaxs

9 “Yuqori malakali mutaxassisni tayyorlaydi va ulardan foydalanadi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqadi” vazifasi kadrlar tayyorlash milliy modelining qaysi tarkibiy qismi tomonidan amalga oshiriladi?
- Fan

11 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillash-tirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilindi?


+ 2017-yil 30-sentabrda


12 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi Qarori qachon qabul qilindi?


+ 2017-yil 30-sentabrda


13 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni qachon qabul qilindi.


+ 2018-yil 25-yanvarda


14 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-son Farmonga muvofiq qanday o’zgarishlar joriy etildi.


- 2018/2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik ta’lim joriy etildi


15“... o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Akademik litsey

16 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilindi.


+ 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son Qarori


17 Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida ta’lim qaysi shakllarda amalga oshiriladi.


- Tayanch doktorantura; doktorantura; mustaqil izlanuvchilik


18“...— O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Tayanch doktorantura


19 “... — O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Doktorantura

20 Pedagogika fanining asosiy tarkibiy qismi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


+ Shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi Pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi


21 Pedagogika qanday fan?


+ Pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, metodlarini o’rganuvchi ijtimoiy, umumkasbiy fan


22 Pedagogik muhit nima?


+ Pedagogik maqsadlarga muvofiq ravishda maxsus tuzilgan shaxslararo munosabatlar sistemasidir


23 Pedagogik jarayon bu?


- Ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyachining yo’naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o’z-o’zini taraqqiy ettirishdir

24 “Didaktika” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


- Yunoncha didaktikos “o’rgatuvchi”, didasko “o’rganuvchi”, ya’ni ta’lim nazariyasi


25 Didaktika qanday masalalarni tadqiq etadi


+ Ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari, o’qituvchi va o’qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari kabi masalalarni tadqiq etadi


26 Tarbiya nazariyasi qanday masalalarini o’rganadi.


+ Pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o’rganadi


27 Pedagogika fanining ob’yekti – bu…


+ Yaxlit pedagogik jarayon


28 Pedagogika fanining vazifalarini belgilang.


+ Analitik, prognostik, tashkiliy, metodologik


29 Pedagogika fanining analitik vazifalarini aniqlang.


+ Ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab oqibat aloqadorligini o’rganish; pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash


30 Pedagogika fanining prognostik vazifalarini aniqlang.


+ Ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash; ta’lim siyosatini samarali boshqarishni ta’minlash


31 Pedagogika fanining tashkiliy vazifalarini aniqlang.


+ Yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish; pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy metodik ta’minotini yaratish


32 Pedagogika fanining metodologik vazifalarini aniqlang.


- Pedagogik fanlarning umumnazariy asoslarini aniqlashtirish


33 “Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha ... deb ataladi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Kategoriya

34 Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


- Shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish


35 “... – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Tarbiya

36 “...– o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Ta’lim

37 Pedagogika metodologiyasining vazifasi nimalardan iborat.


+ Pedagogika metodologiyasi o‘zida pedagogikaning nazariy asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishga doir yondashuvlarini, pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, mazkur bilimlar tizimini qo‘lga kiritishga doir faoliyat tizimini o’zida mujassamlashtiradi


38 Pedagogik yo’nalishda ilmiy tadqiqotlarni olib borishda qanday metodlardan foydaliniladi.


+ 1. Pedagogik kuzatish metodi. 2. Suhbat metodi. 3. Anketa metodi. 4. Intervyu metodi. 5. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6. Test metodi. 7. Pedagogik tahlil metodi. 8. Bolalar ijodini o’rganish metodi. 9. Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematik-statistik metod


39 Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlang.


+ Biologik omil, ijtimoiy muhit, tarbiya


40 Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir yondashuvlarni belgilang.


+ Biologik yondashuv; Ijtimoiy yondashuv; Psixologik yondashuv; Yaxlit yondashuv


41 Biologik yondashuv xususiyatlari yoritilgan qatorni belgilang.


+ Inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning butun xatti-harakatlari tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo’ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi


42 Ijtimoiy yondashuv xususiyatlari yoritilgan qatorni belgilang.


+ Inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi


43 Psixologik yondashuv xususiyatlari yoritilgan qatorni belgilang.


+ Insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi


44 Yaxlit yondashuv xususiyatlari yoritilgan qatorni belgilang.


- Shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi


45 “Gender” atamasi qachondan ilmiy iste’molga kiritilgan.


- 1968-yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan kiritilgan

46 Shaxsning ijtimoiylashuvi ta’rifi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating.


+ Ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi


47 Ijtimoiylashuv mexanizmlarini belgilang.


- Ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv


48 “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo’ladi, yoki aksincha”. Ushbu fiklar muallifi ko’rsatilgan qatorni toping.


- Nemis pedagogi A.Disterveg


49“Ta’lim, o’qitish, o’rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o’git va boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yaxlit pedagogik jarayondir”. Ushbu fiklar muallifi ko’rsatilgan qatorni toping.


- P.F. Kapterev

50 Kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilarning boshqaruvchilik roli tufayli hayotiy faoliyat natijasida bolaning o’zini-o’zi o’zgartirishining maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakati nima deb ataladi.


+ Pedagogik jarayon

51 O’quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati nima bilan asoslanadi.


- Yaxlitlik, undagi barcha muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati


52 “… asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlash pedagogik jarayonning mohiyatini tashkil etadi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Yaxlitlik

53 Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


+ Pedagoglar; tarbiyalanuvchilar; tarbiyaviy shart-sharoitlar


54 Pedagogik jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


+ Pedagogik faoliyatning barcha ko’p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga qamrab oladi


55 Pedagogik jarayonning mazmunli tarkibiy qismi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


+ Pedagogik faoliyatning umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani qo’yadigan ma’noni aks ettiradi


56 Pedagogik jarayonning faoliyatli tarkibiy qismi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


+ Pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarishda belgilangan natijalarga erishishga doir pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism pedagogik adabiyotlarda tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvga doir qism, deb ham nomlanadi


57 Pedagogik jarayonning natijaviy tarkibiy qismi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


+ Pedagogik faoliyatni amalga oshishi samaradorligini aks ettiradi, qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda muvafaqqiyatli o’zgarishlarga olib kelish bilan xarakterlanadi


58 ”... – bu obyektiv mavjud bo’lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


+ Pedagogik jarayon qonuniyatlari


59 Pedagogik jarayon tamoyillari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


- Pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan qo’yiladigan muhim talablar tamoyillar deb ataladi


60 “... – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Didaktika

61 “Didaktika” atamasi ilk bor kim tomonidan qo’llanilgan?


- “Didaktika” atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening “Didaktika yoki ta’lim san’ati” (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan

62 Didaktikaning ob’yektini belgilang.


+ O’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta’lim berishdir


63 Didaktikaning predmetini belgilang.

+ O’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish (o’quvchilarning bilish faoliyati), ularning o’zaro harakati aks etadi


64 Didaktikaning asosiy kategoriyalari to’g’ri ro’rsatilgan qatorni belgilang.


- O’rgatish, o’rganish, o’qitish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija


65 “... – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
- O’rgatish

66 “… anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- O’rganish

67 ”… qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


+ O’qitish


68 “… – o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda safarbar etilishi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang. + Maqsad


69 “.. – o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
- Mazmun

70 “... qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Tashkil etih

71 Paradigma ta’rifi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


+ Aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni aniqlash va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya


72 Ta’lim paradigmalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.

- An’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan paradigma); fenomenologik (insonparvarlik paradigmasi); ratsionalistik (bixevioristik, xulqa tvorga doir); texnokratik; ezoterik


73 O’qitish jarayoni vazifalarni belgilang...


- Ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi

74 O’qitish jarayonining ta’limiy vazifasini aniqlang.


+ O’quvchilarda bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O’qitish natijasi sifatida bilimlarining to’liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir


75 O’qitish jarayonining tarbiyaviy vazifasini aniqlang.


+ Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o’z ifodasini topadi


76 O’qitish jarayonining rivojlantiruvchi vazifasini aniqlang.


+ O’quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsionalirodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o’z aksini topadi


77 O’qitish jarayoni bosqichlarini aniqlang.


+ 1) o’zlashtirilishi lozim bo’lgan materialni idrok etish; 2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo’lishi; 3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishi; 4) hosil qilingan ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash (kompetentsiyalarni tarkib toptirish)


78 Ta’lim qonuniyati deganda nima tushuniladi.

+ Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’yektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi


79 O’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang’ich qoidalardir

80 Ta’lim qonuniyatlari necha turga bo’linadi?


- Umumiy va xususiy


81 Ta’limninig umumiy qonuniyatlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang


- Ta’limning maqsadi; ta’lim mazmuni; ta’limning sifati; ta’lim metodlari samaradorligi; ta’limni boshqarish samaradorligi; ta’limda rag’batlantirish samaradorligi;

82 Ta’limninig xususiy qonuniyatlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorno belgilang


+ Gnoseologik; psixologik; kibernetik; sotsiologik; tashkiliy
83 Ta’lim yamoyillari deb nimaga aytiladi?

+ O’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang’ich qoidalardir


84 Ta’lim tamoyillari qanday guruhga ajratiladi?


+ Ta’limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari


85 Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


+ Insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg’unlik; madaniyat bilan uyg’unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi.


86 Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


- Ta’limning tizimliligi va izchilligi; ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik; ko’rsatmalilik; ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi; ta’limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili; tushunarlilik.


. 87 “....o’quvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko’lami tushiniladi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Ta’lim mazmuni
88 Ta’lim mazmuni aniqlovchi omillar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.

+ 1) Jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi; 2) jamiyat tomonidan qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma; 3) ta’limninq maqsad va vazifalari; 4) innovatsion rivojlanish darajasi; 5) axborotlarning hajmi va ko’lami; 6) o’quvchilarning yosh xususiyatlari


89 Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.

+ Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo’lishi tamoyili; ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili; ta’lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili; ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili; ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili; ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili; ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili; ta’lim mazmunining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili


90 Ta’lim mazmunini loyihalashtirish qanday mezonlarga asoslaniladi?


+ Ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish; ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi; ta’lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o’quvchilar imkoniyatlarining mavjud o’quv dasturlariga mosligi; ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi; ta’lim mazmunini loyihalashda ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga olish


91 Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


+ Davlat ta’lim standarti


92 Davlat ta’lim standartining maqsadi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


+ Umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat


93 Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.


- Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi; umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi; umumiy o’rta ta’limning malaka talablari; baholash tizimi


94 “... umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanad”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi

95 “... tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi

96 O‘quv-metodik majmuaning tarkibiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni bilgilang.


+ Darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua


97 Darslikni vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni bilgilang.


+ Motivatsion vazifa; axborot vazifasi; nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi; muvofiqlashtirish vazifasi; rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi vazifasi; o’qitish vazifasi


98 Metod so’ziga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping.


+ Metod so’zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo’li, usuli deganidir


99 Ta’lim metodlariga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping.


+ O‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi


100 Ta’lim usuliga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping.


+ O‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Ular yordamida faqat o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi


101 Pedagogik texnologiyaga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping.


- Muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayoni mazmunidir


102 “Pedagogik texnologiya” necha darajada qo’llaniladi?


- mumpedagogik (makro) daraja; xususiy-metodik (mezo) daraja; lokal daraja (mikro)

103 “Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo’lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga yo’naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o’qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin:. Ushbu keltitrilan fikrlar pedagogik texnologiyaning qaysi darajasiga taaluqli ekanligini toping.


- Umumpedagogik (makro) daraja

104 Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?


- An’anaviy (manbasiga ko’ra) ta’lim metodlari; o’quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko’ra ta’lim metodlari; asosiy didaktik maqsadlariga ko’ra ta’lim metodlari; ta’limning binar metodlari; yaxlit yondashuv bo’yicha ta’lim metodlari; interfaol metodlar


105 “... deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Didaktik vositalar

106 Ta’lim vositalari tasnifiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?


+ Faoliyat sub’yektiga ko’ra; faoliyat ob’yektiga ko’ra; o’quv axborotiga munosabatiga ko’ra; o’quv jarayonidagi vazifasiga ko’ra


107 Ta’limning texnik vositalarini qanday turlarga ajratish mumkin

+ Axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar


108 Ta’limni tashkil etish shakli to’g’ri berilgan qatorni toping.

+ O’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir


109 Ta’lim shakllari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.

+ Individual; sinf-dars; ma’ruza-seminar


110 O’qitishning eng qadimgi shakli to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


- Ta’limning individual shakli


111 “Buyuk didaktika” asarining muallifini belgilang.


- Ya. A. Komenskiy

112“... bеvоsitа o’qituvchi rаhbаrligidа аniq bеlgilаngаn vаqt dаvоmidа muаyyan o’quvchilаr guruhi bilаn оlib bоrilаdigаn tа’lim jаrаyonining аsоsiy shаkli sаnаlаdi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Dаrs

113 Dаrsning turlаri to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


+ 1.Аrаlаsh (kоmbinаtsiоn dаrs). 2. Yangi bilimlаrni bаyon qilish dаrsi. 3. O’rgаnilgаnlаrini tаkrоrlаsh vа mustаhkаmlаsh dаrsi. 4. O’quvchilаrning bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrini nаzоrаt qilish dаrsi. 5. Lаbоrаtоriya dаrslаri. 6. Аmаliy dаrslаr.


.
114 O’qituvchining dаrsgа tаyyorgаrligi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


- Tаshхislаsh, bаshоrаtlаsh, lоyihаlаshtirish vа rеjаlаshtirish


115 “.... didаktik jаrаyon kеchаdigаn bаrchа shаrоitlаrni оydinlаshtirish, uning nаtijаlаrini bеlgilаshdir’. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Tаshхis

116 ... bo’lаjаk dаrsni tаshkil etilishining turli vаriаnlаrini bаhоlаsh vа ulаrdаn qаbul qilingаn mеzоnlаrgа muvоfiq eng mа’qulini tаnlаb оlish’. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Bаshоrаtlаsh
117 Tа’limning yordаmchi shаkllаri to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.

+ To’gаrаk, kоnfеrеntsiya, mаslаhаt (kоnsultаtsiya), fаkultаtiv mаshg’ulоt, o’quv ekskursiyalаri, o’quvchilаrning mustаqil uy ishlаri vа bоshqаlаr


118 Tashxislashni tarkibiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


- Nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlash


119 “... ta’lim jarayonida ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Nazorat

120 “... – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Tekshirish

121 ’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirishning turlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


+ Oldindan aniqlash; joriy tekshirishr; takroriy tekshirish; davriy tekshirish; yakuniy tekshirish


122 aholashni ta’rifi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


+ ilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz


123 ‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish qanday vazifalarini bajaradi?

+ Nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish


124 a’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.

+ Xolislik (obyektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko’rgazmalilik (oshkoralik)


125 O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish turlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorini toping.

+ Joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat


126 O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish shakl to’g’ri ko’rsatilgan qatorini toping.

+ Ommaviy (frontal); guruhli; individual; kombinatsiyalangan (biriktirilgan); o’z-o’zini nazorat qilish shakli


127 O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish metodlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorini toping.

- Og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish


128 “Monitoring” so’zinig ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorini toping.


- “Monitoring – inglizcha atama bo’lib, “uzluksiz kuzatish” degan ma’nosini anglatadi

128 Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlarini belgilang.


+ Ichki nazorat; tashqi nazorat; davlat jamoatchilik nazorati; milliy va xalqaro darajada baholash


129 Xalqaro baholashni maqsadi to’g’ri ko’rsatilgan qatorini toping.

+ O’quvchilar yutuqlari to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash va ularni xalqaro miqyosda qiyoslash bo’lib, uning natijalariga ko’ra ta’lim siyosati masalalari hamda o’quvchilar o’zlashtirishidagi tafovutlarni yaxshiroq anglab etishga qaratilgan xalqaro muloqot olib boriladi


130 PISA xalqaro baholash dasturining mohiyati yoritilgan qatorni belgilang.

+ O’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy fanlar (fizika, ximiya, biologiya)dan olgan bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qo’llay olishlarini baholashga qaratilgan


131 TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) xalqaro baholash dasturining mohiyati yoritilgan qatorni belgilang.

+ Xalqaro matematika va tabiiy fanlarning o’rganishdagi tendensiyalarini aniqlash


132 PIRLS xalqaro baholash dasturining mohiyati yoritilgan qatorni belgilang.


+ Boshlang’ich maktablari bitiruvchilarining matnni o’qish va uni tushunish darajasi baholanadi


133 Tаrbiya mаzmuni yoritilgan qatorni belgilang.

- Qo’yilgаn mаqsаd vа vаzifаlаr bilаn bоg’liqlikdа tа’lim оluvchilаrning egаllаshi lоzim bo’lgаn bilim, mаlаkа, e’tiqоd, shахs sifаti vа хаrаktеri, хulq-аtvоr tizimi tushunilаdi


134 “... shахsgа jаmiyatning tа’sir etishi, ijtimоiy hоdisа sifаtidа qаrаlаdi. Mаzkur hоlаtdа tаrbiya ijtimоiylаshtirish bilаn uyg’unlаshаdi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Kеng mа’nоdа tаrbiya

135 Tоr mа’nоdаgi tаrbiya dеgаndа nimani tushunasiz?


+ Pеdаgоgik jаrаyon shаrоitidа tа’lim mаqsаdini аmаlgа оshirish uchun pеdаgоg vа tаrbiyalаnuvchilаrning mахsus tаshkil etilgаn fаоliyati tushunilаdi.


136 Tаrbiyaning mаqsаdi to’g’ri ko’rsatilgan qatorini toping.


+ Hаr tоmоnlаmа bаrkаmоl shахsni shаkllаntirish


137 Tаrbiya jаrаyoni to’g’ri ko’rsatilgan qatorini aniqlang.


- O’qituvchi vа tа’lim оluvchi (tаrbiyachi vа tаrbiyalаnuvchi)lаr o’rtаsidа tаshkil etiluvchi hаmdа аniq mаqsаdgа yo’nаltirilgаn hаmkоrlik jаrаyonidir


138 “... – bu bir tоmоndаn, ijtimоiy hоdisа sifаtidа tаrbiyaning хususiyatlаri, ikkinchi tоmоndаn, shахsning rivоjlаnishi bilаn bоg’liq bo’lgаn bаrqаrоr аlоqаlаr”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Tаrbiya qоnuniyatlаri

139 Tаrbiya tаmоyillаri to’g’ri ko’rsatilgan qatorini aniqlang.


+ Tаrbiyaviy ishning yo’nаlishigа, mаzmunigа, mеtоdlаri vа tаshkil etilishigа, tаrbiya jаrаyonining ishtirоkchilаri оrаsidаgi munоsаbаtlаrgа qo’yilаdigаn аsоsiy tаlаblаr ifоdаlаnаdigаn dаstlаbki qоidаlаrdir


140 Jamoa so’zining lug’aviy ma’nosi ta’rif berilgan qatorni aniqlang.


+ lotincha “kollektivus” so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh degan ma’nolarni anglatadi


141 Jamoa so’ziga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.


+ Bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir


142 Yuqori darajada uyushtirilgan jamoa ko’rsatilgan qatorni aniqlang.


+ O‘quvchilar jamoasi


143 O’quvchilar jamoasini shakllantirish necha bosqichda amalga oshiriladi.

+ 4 bosqich


144 Jamoa an’analari nechta turga bo’linadi?


+ Kundalik faoliyat an’analari; bayram an’analari


145 Tarbiya metodlariga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.

+ Tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va хulqiga ta’sir etish usullari yig’indisidir


146 Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko’ra metodlar nech guruhga bo’linadi.


+ 1.Aхloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi. 2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi


147 Tarbiya metodlari nechta guruhga bo’linadi.


+ 1. Shaхs ongini shakllantiruvchi metodlar. 2. Faoliyatni tashkil etish va хulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari. 3. Xulq-atvorni va faoliyatni rag’batlantirish metodlari.


148 Shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


- Hikoya, tushuntirish, izohlash, ma'ruza, etik suhbat, nasihat, o'git, ko'rsatma, munozara, namuna


149 Faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


- Rag’batlantirish, tanbeh berish, uyaltirish

150 Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.


- Mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat

151 Dunyoqarash tushunchasiga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.


+ Kishilarning turmush tarzi, hayoti, aхloq-odobi, madaniyatini yanada o'zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar yig'indisidir


152 E’tiqod tushunchasiga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.


+ Dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-aхloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch bo'lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi


153 O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari yoritilgan qatorni ro’rsating.


+ Intellektual tarkibiy qism, ijobiy emosional holat, amaliy faoliyat sohasi, fanlararo aloqadorlik, pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi


154 Aqliy tarbiyani vazifasi ko’rsatilgan qatorni belgilang.


- Ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirishdir


155 “... deganda hayotiy ta’sir etish va oqibatlarning barcha miqdoriy imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Aqliy rivojlanish

156 Fuqaro tushunchasiga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.


+ Fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaхs


157 Fuqarolik tushunchasiga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.


+ Insonni huquqiy yoki siyosiyhuquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi


158 Fuqarolik tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?


- Fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni хalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon


159“... – huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaхs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy хatti-harakatlar majmui”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Huquqiy faoliyat

160“... – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Huquqiy madaniyat

161 Aхloq tushunchasiga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.


+ Itimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaхs хatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir


162 Mehnat tarbiyasining maqsadi yoritilgan qatorni belgilang.

+ O’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir


163 Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan qatorni belgilang.

+ 1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi. 2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib olib borilishi. 3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi. 4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi. 5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo’shib olib borish.


164 Jismoniy tarbiya maqsadi yoritilgan qatorni belgilang.


+ Organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maхsus bilimlarni o’zlashtirib olish tushuniladi


165 Estetik tarbiyaning vazifalari yoritilgan qatorni belgilang.


+ 1) tarbiyalanuvchilarni san’atdagi, atrofi-mizdagi go’zallikni his qila olishga o’rgatish; 2) voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish; 3) estetik didni, go’zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash


166 Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb nimaga aytiladi?


+ Pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi


167 Boshqarish funktsiyalari yoritilgan qatorni belgilang.


+ Aхborot-tahlil funktsiyasi; maqsadli-motivlashtirish funktsiyasi; oldindan ko’rish-rejalashtirish funktsiyasi; tashkiliy-ijrochilik funktsiyasi; nazorat-tashхis funktsiyasi; tartibga solish – muvofiqlashtirish funktsiyasi


168 Boshqaruv metodlari yoritilgan qatorni belgilang.


+ Iqtisodiy; tashkiliy-ma’muriy; tashkiliy-ma’muriy; ijtimoiy-psiхologik metodlar


169 Boshqaruv uslublari yoritilgan qatorni belgilang.


+ Avtoritar (direktiv); liberal (erkin ish yuritish); demokratik (kollegial)


170 Ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organini belgilang.


+ Pedagogik Kengash


171 Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanuvchi fanni belgilang.


+ Korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi


172 Korrektsion pedagogikaning qanday sohalari mavjud?


+ Surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya


173 Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadini aniqlang?


+ Belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat


174 “... yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


+ Korrektsion-pedagogik faoliyat


175 Korrektsion pedagogikaning kategoriyalarini aniqlang.


- Anomal bolalarni o‘qitish va rivojlantirish; anomal bolalarni tarbiyalash; korrektsiya; korrektsion-tarbiyaviy ishlar; kompensatsiya; ijtimoiy reabilitatsiya; ijtimoiy adaptatsiya


176 “..tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.


- Ijtimoiy reabilitatsiya(yunoncha «rehabilitas» – layoqati, qobiliyatini tiklash)

177 Anomal bolalarni o‘qitish va rivojlantirish kategoriyalarini belgilang.


+ Ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadli jarayondir


178 Korrektsiya (yunoncha tuzatish) kategoriyalarini belgilang.


+ Bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo‘qotish va pasaytirishni nazarda tutadi


179 Inklyuziv ta’lim tushunchasi to’g’ri ko’rsatilgan atorni belgilang.


+ Ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion – uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi


180 Vatanparvarlik tarbiyasida…………….. o’rganish bo’yicha ishlarni tashkil etish muhim rol o’ynaydi.


+ Davlat ramzlarini


181 Estetik tarbiyaning asosiy vositalarini aniqlang.


+ Tabiat, mehnat, badiiy adabiyot


182 “Estetika ” deb atalgan birinchi asar muallifi kim?


+ Baumgarten


183 Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida – nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’ilm va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat nima deb ataladi?


+ Estetik ong


184 Evristik suhbat metodi daslab kim tomonidan qo’llanilgan?


+ Sokrat (Suqrot)


185 Menejment” deganda nima tushuniladi?


+ Mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayoni


186 A. S. Makarenkoning fikricha jamoaning shakllanish bosqichlari uchun nima asos bo’ladi?


+ Tarbiyalanuvchilarning pedagogik talablarga munosabati


187 Qaysi olim tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlagan?


+ Ya. A. Komenskiy


188 Anomal bolalarning qanday kategoriyalari mavjud?


+ Eshitish, ko’rish, kar-ko’r-soqov, oligrofen, ruxiy rivojlanishi orqada qolgan, og’ir nutqiy nuqsonlari bor, xarakt-tayanch a’zolaridagi kamchiliklari


189 STEAM taʼlimning maqsadi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.




+ STEAM taʼlimning texnologiyasi maktab oʻquvchilarini yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir
Download 133.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling