“O’zbekiston Respublikasining 14-sonli “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” buxgalteriya hisobi milliy standarti”


Download 0.64 Mb.
bet6/9
Sana23.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1112669
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
buxgalteriya akmal buriyev

Maqsadli tushumlarining holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

Maqsadli tushumlarining holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

8810 - “Grantlar”;

8820 - “Subsidiyalar”;

8830 - “A’zolik badallari”;

8840 - “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari”

8890 - “Boshqa maqsadli tushumlar”.

Ushbu maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi:

a) mablag‘larning maqsadli yo‘nalish bo‘yicha ishlatilishi;

b) mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning yo‘qligi;

c) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.

5. Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari hisobi

8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari” hisobvarag‘i bir maromda xarajat va to‘lovlarni ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qo‘llaniladi.

Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalarni ta’mirlash bo‘yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo‘lishi:

Debet 2010, 2110, 2310, 2510

Kredit 8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari”.

Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki korxona uni tashkil etishda o‘z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.

Tijorat korxonalari, agar hisob sig‘satida bu aks ettirilgan bo‘lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtig‘jlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling