“O’zbekiston Respublikasining 14-sonli “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” buxgalteriya hisobi milliy standarti”


Download 0.64 Mb.
bet4/9
Sana23.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1112669
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
buxgalteriya akmal buriyev

Qo‘shilgan kapital aksiyadorlik jamiyatlarida korxona aksiyalarining nominal qiymatidan ortiq narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadidan tashkil etilsa, mulkchilikning boshqa shakllarida esa ta’sischilarning pul mablag‘laridan tashkil topadi.

Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari bepul olingan mulklar qiymatining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Emission daromad - aksiyalarning nominal qiymatdan oshiqcha bahosi bo‘yicha birlamchi sotishdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi.

Qo‘shilgan kapital - bu tashkil etilayotgan xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadini ko‘zlab, kiritilgan va kiritilayotgan dastlabki mablag‘larning Respublikamiz yuqori tashkilotlari hamda bozor talablari asosida yuzaga kelgan mulk tafovutlarini, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lardir.

Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:

Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:

8410 - “Emissiya daromadi”

8420 - “Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqi”

8410 -“Emissiya daromadi” schyoti - aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Emissiya daromadi emitent tomonidan aksiyalar dastlabki egalariga aksiyalarning realizatsiya narxi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi farq sifatida joylashtirilganda (sotilganda) yuzaga keladi.

8410 “Emissiya daromadi” schyoti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu mablag‘lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling