O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan "Kooperatsiya to‘g‘risida"gi 295-xii-sonli Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, №8, 193-modda


Download 113.68 Kb.
bet4/15
Sana02.05.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1423198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O‘RQ-436 13.06.2017

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 59-modda; 2002-yil, № 4–5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “(qurilish normalari va qoidalari, dori-darmonlar xususidagi davlat farmokopeyasi hamda muvaqqat farmokopeya qoidalari va boshqalar)” degan so‘zlar “(shaharsozlik normalari va qoidalari, davlat farmakopeyasi hamda farmakopeya maqolalari va boshqalar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 11-moddaning oltinchi qismidagi “Dori-darmon, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida” degan so‘zlar “Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 4-moddaning o‘ninchi xatboshisidagi “dori-darmon bilan ta’minlashda” degan so‘zlar “dori vositalari bilan ta’minlashda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 5-modda birinchi qismining:
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
sakkizinchi xatboshisidagi “dori vositalari va preparatlarini” degan so‘zlar “dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddaning birinchi qismi:
beshinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “dori-darmonlar va tibbiyot mahsulotlari” degan so‘zlar “dori vositalari va tibbiy buyumlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshirish”;
oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 8-moddaning:
birinchi qismidagi “tibbiy dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi” degan so‘zlar “dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “va dorixona muassasalari” degan so‘zlar “muassasalari va dorixonalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga o‘z mablag‘lari, jalb etilgan mablag‘lar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi”;
6) 22-moddaning birinchi qismidagi “dori-darmonlar” degan so‘zlar “dori vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 34-moddaning:
nomidagi “dori-darmonlar, immunobiologiya preparatlari va” degan so‘zlar “dori vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “dori-darmonlar, immunobiologiya preparatlari” degan so‘zlar “dori vositalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “dori-darmonlardan” degan so‘zlar “dori vositalaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “dori-darmonlarni, immunobiologiya preparatlari va” degan so‘zlar “dori vositalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “dori-darmonlarni” degan so‘zlar “dori vositalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 35-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35-modda. Fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash
Retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Dori vositalari va yakka tartibda foydalaniladigan tibbiy buyumlar bilan imtiyozli asoslarda ta’minlanadigan fuqarolarning toifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari fuqarolarning dori vositalari bilan imtiyozli asoslarda ta’minlanishi uchun retsept yozib berish huquqiga ega”.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustdagi O‘RQ-635-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2020-y., 03/20/635/1237-son)

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling