O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan "Kooperatsiya to‘g‘risida"gi 295-xii-sonli Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, №8, 193-modda


Download 113.68 Kb.
bet5/15
Sana02.05.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1423198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O‘RQ-436 13.06.2017

17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 415–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvarda qabul qilingan O‘RQ–399-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, №1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 6-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash bundan mustasno)belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
2) 7-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
3) 16-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining 13-bandidagi “yozma ariza” degan so‘zlar “yozma ariza, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan ariza” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 6-modda birinchi qismining:
17-bandidagi “yozma bildirish” degan so‘zlar “yozma bildirish, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali bildirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18-bandidagi “soliq to‘lovchini yozma ravishda xabardor etishi” degan so‘zlar “soliq to‘lovchini yozma shaklda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor etishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling