O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

270-modda. Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi
Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab
chiqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi
bo‘yicha tovar kodining o‘nta belgili darajasi bir xil bo‘lgan tovarlar ayni bir shaxs tomonidan
bojxona chegarasi orqali muntazam ravishda olib o‘tilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib o‘tish deganda, mazkur moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan ko‘p marta
bitta yuk jo‘natuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma,
kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib o‘tilishi tushuniladi. Bunday hollarda
muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojxona
yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng ko‘p muddati yoki
bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas.
38-bob. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish
271-modda. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish asoslari
Quyidagi shartlarga rioya etilishi tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish uchun
asos bo‘ladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.


bojxona rasmiylashtiruvi va tovarlarni tekshirish vaqtida qonunchilik buzilganligi bojxona
organlari tomonidan aniqlanmaganda;
bojxona organiga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga
muvofiq tovarlarni chiqarib yuborish uchun zarur bo‘lgan litsenziyalar, sertifikatlar, boshqa davlat
organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda, bundan shunday hujjatlarning tovarlar va transport
vositalari chiqarib yuborilganidan keyin taqdim etilishi hollari mustasno;
(271-moddaning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tovarlarni va transport vositalarini tanlangan bojxona rejimiga joylashtirish talablari va
shartlariga deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan (agar bojxona brokeri bojxona
rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni shartnoma asosida bajarayotgan bo‘lsa) rioya etilganda;
tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona to‘lovlari to‘langanda yoxud ularning
to‘lanishini ta’minlash taqdim etilganda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish bojxona organlari mansabdor
shaxslarining ishtirokisiz, bojxona organlarining axborot tizimidan foydalangan holda amalga
oshirilishi mumkin.
(271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son
— 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling