O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
-modda. Deklarantning huquqlari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
275-modda. Deklarantning huquqlari
Tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida ko‘zdan kechirish hamda o‘lchash, ularning namunalari va nusxalarini olish; tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazishda, bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan namunalar va nusxalar olinayotganda tovarlarning tekshirilishida hozir bo‘lish; bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan olingan namunalar va nusxalarni tekshiruvdan o‘tkazish natijalari bilan tanishish; Oldingi tahrirga qarang. bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish; bojxona masalalari bo‘yicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish; tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati to‘g‘risida bojxona organlarini xabardor qilish; dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash; deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish; (275-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son) tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanish. Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: bojxona organiga taqdim etilgan, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan ma’lumotlarning ishonchliligini isbotlash; tovarning ma’lum qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zarurati tug‘ilganda, basharti tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlasa yoxud bojxona to‘lovlarini to‘lasa, deklaratsiyalangan tovardan bojxona organining ruxsati bilan foydalanish; Oldingi tahrirga qarang. tovarning bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish. (275-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Deklarant qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (275-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling