O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona bojlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

290-modda. Bojxona bojlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i
Bojxona bojlariga import, eksport, alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) va
mavsumiy bojxona bojlari kiradi.
Import bojxona boji tovar bojxona hududiga olib kirilayotganda to‘lanadi.
Eksport bojxona boji tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda to‘lanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) bojxona bojlari qonunchilikda belgilangan
tartibda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llaniladi.
(290-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mavsumiy bojxona bojlari tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va bojxona hududidan olib
chiqishni tezkor tartibga solib turish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan bojxona


bojlarining stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojxona bojlarining amal qilish muddati ular
belgilangan paytdan e’tiboran olti oydan oshmasligi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarga soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka
muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i solinadi.
(290-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
291-modda. Bojxona yig‘imlari
Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun
bojxona yig‘imlari undiriladi:
bojxona rasmiylashtiruvi;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona
organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi;
tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash;
transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish;
dastlabki qarorni qabul qilish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
(291-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi
O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan 2022-yil 3-maydan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(291-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-
oktabrdagi O‘RQ-494-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(291-moddaning birinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-
oktabrdagi O‘RQ-494-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(291-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-
fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan 2022-yil 3-maydan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona
rasmiylashtiruvi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona yig‘imlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas.
(291-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son
— 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Bojxona yig‘imlarining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling