288-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis faoliyati ustidan nazoratni
amalga oshirish tartibi
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis faoliyati ustidan bojxona organlari tomonidan
nazorat bevosita bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshiriladi.
Bojxona brokeri yoki o‘z shtatida bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis mavjud bo‘lgan
boshqa yuridik shaxs bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning bojxona organlariga
nisbatan majburiyatlarini cheklashi mumkin emas.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis va bojxona brokeri yoki boshqa yuridik shaxs
o‘rtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.
VIII bo‘lim. Bojxona to‘lovlari
42-bob. Asosiy qoidalar
289-modda. Bojxona to‘lovlarining turlari
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa
hollarda quyidagi bojxona to‘lovlari to‘lanadi:
bojxona boji;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aksiz solig‘i;
bojxona yig‘imlari.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilikda boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin.
(289-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning
163
va
169-moddalarida
nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda
belgilangan bojxona boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovini
to‘lashni nazarda tutuvchi bojxona to‘lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.
(289-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son
— 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Bojxona bojlarining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(289-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |