O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-bob. Tovarning bojxona qiymati


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

44-bob. Tovarning bojxona qiymati
301-modda. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini
aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona to‘lovlarini hisoblash maqsadida
foydalaniladigan tovar qiymatidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini
aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(301-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son


— 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
302-modda. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari
Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qo‘llash orqali amalga
oshiriladi:
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
qiymatlarni qo‘shish asosida;
zaxira usul.
Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha aniqlash usuli olib kiriladigan
tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usulini qo‘llash mumkin
bo‘lmasa, ushbu modda birinchi qismining 
uchinchi — yettinchi xatboshilarida 
ko‘rsatilgan usullar
ketma-ketlikda qo‘llaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qo‘llanilishiga, agar bojxona qiymatini
aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash
va qo‘shish usullari teskari ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling