O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashga doir


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

54-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashga doir
taqiqlar va cheklovlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
tovarlarning ayrim turlariga nisbatan bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yo‘l
qo‘yilmaydigan hollar;
muayyan tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bo‘yicha ayrim
operatsiyalarni o‘tkazishga doir cheklovlarni;
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni qayta ishlashga yo‘l
qo‘yishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.
9-bob. Erkin muomalaga chiqarish (import)
55-modda. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona
hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu erda
erkin muomalada qoladi.
56-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish
talablari va shartlari
Bojxona to‘lovlari to‘langan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar erkin
muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona hududida erkin
muomalada turgan tovar maqomini oladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka
muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
(56-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
57-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish
uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi
uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo‘lgan taqdirda import qilinadigan tovarga
nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi
mustaqil ravishda tekshiradi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling