O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

140-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish
Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
vakolatli shaxs ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat
qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati to‘xtatilgan paytdan e’tiboran, yuridik
shaxs qayta tashkil etilganda esa — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan yuridik
shaxsning o‘zgartirilishi mustasno;
tadbirkorlik subyekti bo‘lgan jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi
guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
jismoniy shaxs vafot etganda, uning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda
yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bojxona organi yoki
sud belgilagan muddatda vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilmaganda;
bojxona organining ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi qarori g‘ayriqonuniy ekanligi
aniqlanganda;
ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda;


amalga oshirilishi uchun bojxona organining ruxsatnomasi berilgan bir martalik harakat
bajarilganda.
Ushbu modda birinchi qismining 
uchinchi

to‘rtinchi

beshinchi

sakkizinchi 
va 
to‘qqizinchi
xatboshilarida 
ko‘rsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan deb
hisoblanadi.
Ruxsatnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining 
ikkinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining 
oltinchi 
va
yettinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori vakolatli shaxsga va bojxona
organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi bojxona organi qarori uning amal qilishi
tugatilishining sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda, qaror qabul qilingan
kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga yetkaziladi. Ruxsatnomaning
amal qilishi tugatilgan taqdirda, u bojxona organiga qaytarilmaydi.
(140-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan belgilangan tartibda
shikoyat qilinishi mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling