vakolatli shaxsning ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra;
ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ruxsatnoma ushbu
modda birinchi qismining
ikkinchi
xatboshisida
ko‘rsatilgan
hollarda
bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining
uchinchi xatboshisida
nazarda
tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi.
Ruxsatnoma bekor qilingan taqdirda, u bojxona organlariga qaytarilmaydi.
Ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori ruxsatnoma berilgan sanadan e’tiboran
amal qiladi.
Ruxsatnomani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat
qilinishi mumkin.
III bo‘lim. Transport vositalariga va tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan bojxona
rejimlarining qo‘llanilishi
22-bob. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarini olib o‘tish
143-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari
Bojxona nazoratida turgan tovarlarni va (yoki) yo‘lovchilarni haq
evaziga yoki bepul tashish
uchun foydalaniladigan transport vositasi tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport
vositasidir.
Tijorat
maqsadlarida foydalaniladigan, transport vositasi bilan birga tashiladigan standart
ehtiyot qismlar,
ashyolar va uskunalar, standart baklardagi moylash materiallari va yoqilg‘i,
shuningdek ashyo-anjomlar bojxona maqsadlari uchun mazkur transport vositasining ajralmas
qismi deb qaraladi. Ashyo-anjomlarga quyidagilar kiradi:
harakatlanish yo‘lida yoki oraliq to‘xtab o‘tish yoxud to‘xtab turish
joylarida daryo va havo
kemalari, poyezdlar, shuningdek avtotransport vositalari normal ishlatilishini
hamda ularga texnik
xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlar;
daryo va havo kemalarining bortida, avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va ekipajlar a’zolari
iste’mol qilishi uchun yoki poyezdlarda yo‘lovchilar va poyezd brigadalarining xodimlari iste’mol
qilishi uchun mo‘ljallangan tovarlar, bu ashyo-anjomlar sotilishidan yoki sotilmasligidan qat’i nazar;
daryo va havo kemalarining,
poyezdlarning, shuningdek avtotransport vositalarining
yo‘lovchilariga hamda ekipaj a’zolariga mazkur ashyo-anjomlarini transport vositalarida iste’mol
qilish maqsadisiz sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: