O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan
qo‘llaniladigan bojxona rejimlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Biror-bir bojxona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi ma’lum qilinmagan, tijorat
maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan
paytdan e’tiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga
ushbu bojxona rejimlari shartlariga shaxslarning rioya etishi majburiyatlari bilan joylashtirilgan tovar
sifatida qaraladi.
(144-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan
kuchga kiradi)
145-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona hududiga
vaqtincha olib kirish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona to‘lovlari to‘lashdan shartli
ozod etilgan holda bojxona hududiga vaqtincha olib kirishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi, agar u:
chet davlat hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa;
tovarlarni va yo‘lovchilarni tijorat maqsadida tashish uchun foydalanilayotgan bo‘lsa;
bojxona hududiga chet ellik shaxs yoxud chet ellik shaxs vakolat bergan O‘zbekiston
Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan olib kirilayotgan bo‘lsa;


ijara shartnomasining predmeti yoki mazkur transport vositasiga bo‘lgan huquqni
O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga transport operatsiyasini transport
vositasini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish yo‘li bilan tugallashdan o‘zga maqsadda
o‘tkazishni nazarda tutuvchi boshqa shartnoma predmeti bo‘lmasa.
Vaqtincha olib kirilgan transport vositasiga nisbatan mulk huquqi O‘zbekiston
Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga o‘tgan bo‘lsa, tegishli bojxona rejimiga
joylashtirilishi lozim.
Transport vositasi ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan shartlarga muvofiq
bo‘lmagan hollarda, shuningdek bojxona to‘lovlarini to‘lashdan shartli ozod etishni qo‘llash
shartlariga rioya etilmagan taqdirda, transport vositasiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda
davriy bojxona to‘lovlari qo‘llaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovar sifatida qaraladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling