O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

149-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib
chiqish muddati
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish muddati ikki
yildan oshmasligi kerak.
150-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport
vositasini bojxona hududiga qaytarib olib kirish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasi bojxona
hududiga qaytarib olib kirilayotganda, agar bojxona hududidan tashqarida tijorat maqsadlarida
foydalaniladigan transport vositasi qayta ishlash operatsiyalaridan o‘tkazilmagan bo‘lsa, bojxona
to‘lovlari to‘lanmaydi, bundan uning but saqlanishini hamda undan foydalanilishini ta’minlash, shu
jumladan unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash operatsiyalari mustasno.
151-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib
chiqishni tugallash


Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish uni bojxona
hududiga qaytarib olib kirish bilan yoki ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib chiqish bojxona
rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanadi.
152-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va
ehtiyot qismlarini vaqtincha olib kirish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib kiriladigan va ular
bilan qaytarib olib chiqish uchun mo‘ljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va
ularni himoyalash uskunalari, ulardan transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki
mumkin emasligidan qat’i nazar, vaqtincha olib kirilgan taqdirda bojxona to‘lovlari to‘lashdan
shartli ravishda ozod etilishi lozim.
Bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan, transport vositasiga o‘rnatilgan yoki unda
foydalanilayotgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida ta’mirlashda yoki texnik xizmat
ko‘rsatishda foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlarini
to‘lashdan shartli ravishda ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilishi mumkin.
Almashtirilgan va bojxona hududidan olib chiqilmagan uskunalar va ehtiyot qismlar erkin
muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga yoki ushbu Kodeks qoidalariga rioya etgan holda
boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling