167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni
deklaratsiyalash
Quyidagilarga:
Oldingi
tahrirga qarang.
a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar
manziliga xalqaro pochta jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining
o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining
hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
(167-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi
O‘RQ-748-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-
son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning
manziliga xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining
o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi
sifatida qaraladi.
(167-modda birinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi
O‘RQ-748-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-
son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni
deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi
berilishi lozim bo‘lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga
topshirilayotganda amalga oshiriladi.
168-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi
Do'stlaringiz bilan baham: |