O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

hamda bojxona ko‘rigi
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bojxona ko‘zdan kechiruvini hamda bojxona
ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini taqdim
etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona organlariga bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun xatlar, pochta
kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik
jo‘natmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi
qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona
organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari mustasno.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotganda uning miqdorida
farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining
boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining xodimi
bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona ko‘rigi dalolatnomasini imzolaydi.
(168-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona ko‘zdan
kechiruvi yoki bojxona ko‘rigi o‘tkazilayotganda bojxona organlari bojxona nazoratining texnik
vositalaridan foydalanadi.
169-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarga doir
bojxona to‘lovlari


Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona to‘lovlari
vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlar uchun xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida
yuboriladigan, qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan ortiq bo‘lgan
tovarlarning ortiq qismi uchun yagona bojxona to‘lovi to‘lanadi.
(169-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Ushbu Kodeksning 
167-moddasiga 
muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab
qilinmaydigan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari bojxona organlari tomonidan bojxona kirim
orderidan foydalangan holda hisoblanadi.
Bojxona kirim orderini to‘ldirish va bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish bojxona organining
mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlarga bojxona to‘lovlari
summalarini hisoblab chiqarish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan
hujjatlarda va bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan tijorat hujjatlarida ko‘rsatilgan
tovarlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Tovarlarning qiymati
to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi
tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadi.
Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish va ularni to‘lash ushbu Kodeksning 
VIII bo‘limida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona organi tomonidan bojxona to‘lovlari hisoblangan tovarlarni o‘z ichiga olgan xalqaro
pochta va kuryerlik jo‘natmalari vakolatli shaxsga bojxona to‘lovlari to‘langanidan keyin beriladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling