O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
-modda. Boj olinmaydigan savdo do‘konlari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
174-modda. Boj olinmaydigan savdo do‘konlari
Boj olinmaydigan savdo do‘koni tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan savdo obyektidir. Boj olinmaydigan savdo do‘konining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va do‘kon omborining hududlarini o‘z ichiga oladi. Boj olinmaydigan savdo do‘konining ishlashini ta’minlash uchun zarur O‘zbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi qo‘llanilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Boj olinmaydigan savdo do‘konlari uch turga bo‘linadi: (174-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086- son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. a) bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki O‘zbekiston tovarlarini O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan joyning o‘zida iste’mol qilish uchun chakana sotishga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni; (174-modda uchinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086- son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) b) chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan oila a’zolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni; Oldingi tahrirga qarang. v) O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan, bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki O‘zbekiston Respublikasi tovarlarini milliy valyutada va (yoki) chet el valyutasida chakana realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan savdo do‘koni. Mazkur turdagi boj olinmaydigan savdo do‘konlari faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (174-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling