O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

175-modda. Erkin omborlar
Erkin ombor maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, u tovarlarni erkin ombor bojxona
rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun mo‘ljallangan binolar hududini va (yoki) ochiq
maydonchalarni o‘z ichiga oladi.
Erkin omborning ishlashini ta’minlash uchun zarur O‘zbekiston tovarlariga erkin ombor
bojxona rejimi qo‘llanilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida saqlash sharoitlari talab
etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoki erkin
omborning bir qismi bo‘lgan alohida binolarda qonunchilikka muvofiq belgilangan majburiy
talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak.
(175-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
176-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do‘konining va erkin
omborning faoliyatini litsenziyalash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do‘konining va erkin omborning faoliyatini
litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(176-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-


maydan kuchga kiradi)
Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan ta’sis etilayotgan bo‘lsa, litsenziya olish
talab qilinmaydi.
Bojxona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini omborlarga
joylashtirayotgan shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona omborlarining, boj olinmaydigan
savdo do‘konlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek mazkur reyestrlardagi
ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling