O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

172-modda. Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari
orqali olib o‘tilayotganda bojxona to‘lovlarini to‘lash
Bir kalendar oy mobaynida quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona
chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona to‘lovlari tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi
kunida amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalari bo‘yicha, bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan
kundan kechiktirmay to‘lanadi. Bunda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona
chegarasidan bir kalendar oy mobaynida olib o‘tiladigan tovarlarning qiymati bojxona to‘lovlarini
hisoblab chiqarish uchun tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi kunidagi valyutaning O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha aniqlanadi.
Bojxona chegarasidan quvur transportida olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona to‘lovlari
bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda to‘lanadi.
Quvur transportida olib o‘tiladigan tovarlarga muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan
taqdirda, bojxona to‘lovlari muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni
qabul qilish bilan bir vaqtda to‘lanadi.
Agar to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining summasi ma’lumotlarni aniqlashtirish
natijasida oshsa, summaning oshgan qismi yuzasidan qo‘shimcha to‘lov bojxona yuk
deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Bunday hollarda penya
hisoblanmaydi.
Bojxona to‘lovlarining ortiqcha to‘langan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 
49-bobiga
muvofiq amalga oshiriladi.
26-bob. Bojxona omborlari, boj olinmaydigan savdo do‘konlari va erkin omborlar
173-modda. Bojxona omborlari
Bojxona ombori bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni saqlashga mo‘ljallangan, maxsus
ajratilgan hamda jihozlangan bino va (yoki) ochiq maydonchadan iboratdir.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida saqlash sharoitlarini talab
etadigan tovarlar faqat shunday tovarlarni saqlash shartlariga mos keladigan maxsus
moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi kerak.
Bojxona omborlari foydalanilishiga ko‘ra, har qanday shaxs foydalanishi uchun ochiq omborlar
bo‘lishi va muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalarining foydalanishi uchun mo‘ljallangan
yopiq omborlar bo‘lishi mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling