O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

201-modda. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud
bo‘lsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga
oshirishga haqli.
(201-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona
organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona ko‘rigidan o‘tkazishga, bojxona
deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar
bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga
taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita
aloqador yoxud zarur hujjatlarga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan yerlarda
o‘tkazilishi mumkin.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini o‘tkazish uchun bojxona organi
boshlig‘ining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni o‘tkazish muddatlari,
tekshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr ko‘rsatilgan
qarori asos bo‘ladi.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma,
kelishuv) bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona to‘lovlarini
qo‘shimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lishi tugagan paytdan e’tiboran uch
yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
(201-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona organlari bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs
tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xo‘jalik faoliyatiga
bog‘liq hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlar bilan solishtirgan holda o‘rganish va tekshirish orqali
bojxona auditini amalga oshiradi.
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
oltinchi va yettinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y.,
03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling