O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Xavfni boshqarish tizimida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

204-modda. Xavfni boshqarish tizimida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar
Xavfni boshqarish tizimida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
xavf — bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilmasligi ehtimolining darajasi;
(204-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
aniqlangan xavf — bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish sodir etilganligidan va bojxona
organlari ushbu holat to‘g‘risida ma’lumotga ega ekanligidan dalolat beruvchi fakt;
(204-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
potensial xavf — aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud bo‘lgan
xavf;
xavf indikatorlari — oldindan belgilangan ko‘rsatkichlarga ega muayyan mezonlar bo‘lib,
ulardan og‘ish yoki ularga mos kelish nazorat obyektini tanlashni amalga oshirish imkonini beradi;
xavf profilixavf sohasi, xavf indikatorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘indisi, shuningdek
xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risidagi
ko‘rsatmalar;
xavf sohasi — xavf tahlilining ayrim guruhlarga bo‘lingan obyektlari bo‘lib, ularga nisbatan
bojxona nazoratining alohida shakllari yoki majmui qo‘llanilishi, shuningdek ularning
samaradorligini oshirish talab etiladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
xavfni baholash — xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda bojxona
to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish;
(204-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling