O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
-modda. Dastlabki ma’lumotni taqdim etish
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 207-modda. Bojxona organlari tomonidan xavfni baholash va boshqarish
206-modda. Dastlabki ma’lumotni taqdim etish
Xavfni boshqarish tizimini qo‘llashda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, bojxona ishi sohasida litsenziyalarga va ruxsatnomalarga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan yuk, yo‘lovchilar, transport vositalari to‘g‘risida dastlabki tarzda taqdim etilgan axborotdan foydalaniladi. Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan dastlabki axborot almashinuvini amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. Vakolatli shaxslar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali olib kirilishi kutilayotgan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni ular amalda yetib kelguniga qadar Internet jahon axborot tarmog‘i orqali bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etishi shart. Vakolatli shaxslar taqdim etiladigan dastlabki axborotning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi. (206-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) 207-modda. Bojxona organlari tomonidan xavfni baholash va boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona ishi sohasida huquqbuzarliklar sodir etilganligi to‘g‘risidagi, shu jumladan tekshiruvlar amalga oshirilishi bosqichida turgan, shuningdek protsessual qaror qabul qilingan barcha huquqbuzarlik faktlari haqidagi statistik va tezkor axborotni to‘playdi, umumlashtiradi hamda tahlil qiladi. Xavf profillari va ularni aniqlash hamda qo‘llash muddatlari, mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Xavf profillaridan bojxona nazorati o‘tkazilayotganda bojxona nazorati shakllarini qo‘llash uchun bojxona organlari tomonidan foydalaniladi va ular tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishni cheklash uchun asos bo‘la olmaydi. Eng kam yoki eng ko‘p xavf toifasiga kiritish, shuningdek bojxona tartib-taomillari ayrim turlarining hamda bojxona nazorati ayrim shakllarining qo‘llanilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Xavfning belgilangan profillari va indikatorlari tarkibi bojxona organlari tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan va boshqa shaxslarga oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. (207-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3- maydan kuchga kiradi) Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling