222-modda. Tovar bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari
(222-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Chet el tovari bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka
rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
(222-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bojxona hamrohligida kuzatib borishni qo‘llash;
tovarning bojxona tashuvchisi tomonidan tashilishi;
ushbu Kodeksning
47-bobiga
muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni taqdim etish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar tovarlarni bojxona nazorati ostida tashiyotgan transport vositasi ushbu Kodeks 227-
moddasining
birinchi qismi
talablariga muvofiq bo‘lmasa, jo‘natuvchi bojxona organi tovarlarni
bojxona nazorati ostida tashishga transport vositasini lozim darajada jihozlash yoxud mazkur
moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini
ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish sharti bilan ruxsat beradi.
(222-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan chora-tadbirlar quyidagi hollarda
qo‘llanilmaydi, agar:
tovarlar temir yo‘l, havo va quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali tashilayotgan
bo‘lsa;
ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilangan
bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |