233-modda. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, guvohnomaning amal qilish muddatini
uzaytirish va uning dublikatini berish
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilmaydi.
Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach guvohnomaning amal qilishi arizachining
arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi
ariza bojxona organiga guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi lozim.
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnoma berish uchun belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun bojxona yig‘imi undirilmaydi.
Guvohnoma yo‘qotilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda dublikat berilmaydi. Bunda
arizachining arizasiga ko‘ra umumiy asoslarda yangi guvohnoma beriladi.
234-modda. Guvohnomaga qaydlar kiritish tartib-taomili
Agar xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan, bunga ruxsat etilgan avtotransport
vositasida jiddiy nosozliklar aniqlansa, bojxona organlari avtotransport vositasining harakatlanishini
davom ettirishni taqiqlab qo‘yishi yoxud nazorat bo‘yicha zarur choralar ko‘rib, avtotransport
vositasining yurishda davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin.
Ruxsat etilgan avtotransport vositasi mumkin qadar qisqa vaqtda va undan yuklarni bojxona
plombalari va muhrlari ostida tashish uchun qayta foydalanilguniga qadar qoniqarli holatga
keltirilishi kerak.
Avtotransport vositasi ta’mirlash natijasida tashishga ruxsat etish shartlariga mos keladigan
holatga keltirilganidan so‘ng u guvohnomaning amal qilishini tiklaydigan bojxona organiga taqdim
etilishi kerak.
Jiddiy nosozliklar aniqlangan avtotransport vositasidan ushbu moddaning
uchinchi qismida
belgilanganidek, tegishli ta’mirlash o‘tkazilmaguniga qadar yuklarni bojxona plombalari va
muhrlari ostida tashish uchun yana foydalanilishi mumkin emas.
Guvohnomaga kiritilgan har bir qayd uning kiritilish sanasi qo‘yilgan holda, ushbu qaydni
kiritgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar avtotransport vositasida bojxona organlarining fikricha jiddiy xususiyatga ega bo‘lmagan
va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishiga imkon yaratmaydigan nosozliklar bo‘lsa, bu
transport vositasidan keyinchalik yuklarni tashish uchun foydalanishga ruxsat etilishi mumkin.
Guvohnomaning egasi bo‘lgan arizachi mazkur nosozliklar to‘g‘risida xabardor qilinadi va u o‘zining
avtotransport vositasini tegishli tarzda ta’mirlashi kerak.
(234-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |