O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


V bo‘lim. Bojxona ishida valyuta nazorati va tashqi savdo operatsiyalarining monitoringi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

V bo‘lim. Bojxona ishida valyuta nazorati va tashqi savdo operatsiyalarining monitoringi
34-bob. Valyuta nazorati
240-modda. O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi
olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda nazoratni amalga oshirish
O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilishi va
olib chiqilishi ustidan nazorat jismoniy shaxslar bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda bojxona
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
241-modda. O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi
jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda tekshiruvni amalga
oshirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib
kirilayotganda va olib chiqilayotganda jismoniy shaxsni tekshirish valyutani tartibga solish
to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish maqsadida
amalga oshiriladi.
(241-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va
olib chiqilayotganda quyidagilar tekshiriladi:
olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning cheklangan normalariga rioya
etilishi;
olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning belgilangan cheklangan
normalaridan ortiq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el
valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi mavjudligi;
jismoniy shaxsda mavjud bo‘lgan summaning bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan
ma’lumotlarga muvofiqligi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling