O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Transport vositasi uchun deklaratsiya


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

257-modda. Transport vositasi uchun deklaratsiya
Transport vositasi uchun deklaratsiya transport vositasi, uning yo‘nalishi, tashilayotgan
tovarlar, ekipaj va yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, tijorat maqsadlarida
foydalaniladigan transport vositasining kelishi yoki ketishi to‘g‘risidagi hujjatdir. Bojxona organlari
tashuvchining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hujjatlarini
transport vositasi uchun deklaratsiya sifatida qabul qiladi. Transport vositasi uchun deklaratsiya
tashuvchi tomonidan taqdim etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
257 -modda. Tranzit deklaratsiyasi
Tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan
holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga
olib kiriladigan va O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarini
jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun
foydalaniladigan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga elektron tarzda taqdim etiladi.
(257 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan
kuchga kiradi)
258-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasi
Bojxona yuk deklaratsiyasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga
taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi to‘g‘ri
ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatdir. Bojxona yuk deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qog‘ozda yozma
shaklda taqdim etiladi. Deklaratsiyalash qog‘ozda yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin
1
1


bo‘lgan holatlar, tovarlar va bojxona tartib-taomillari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar qog‘ozda yozma shaklda deklaratsiyalangan taqdirda
bunday deklaratsiya uning elektron nusxasi taqdim etilgan holda topshirilishi kerak.
Bojxona yuk deklaratsiyasi dastlabki deklaratsiyalash chog‘ida, shuningdek qisqa, muvaqqat,
to‘liq bo‘lmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling