O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

259-modda. Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi
Yo‘lovchi 
bojxona 
deklaratsiyasi 
notijorat 
maqsadlar 
uchun 
mo‘ljallangan,
deklaratsiyalanadigan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tayotgan
jismoniy shaxs tomonidan to‘ldiriladigan va bojxona organiga taqdim etiladigan hujjatdir.
260-modda. Deklaratsiyalash usullari
Tovarlarni deklaratsiyalash:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) og‘zaki shaklda:
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan
tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda;
qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart
bo‘lgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;
(260-moddaning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
b) yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
Oldingi
 tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan
tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining;
(260-modda “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-
fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y.,
03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
jismoniy shaxsning yashash joyi o‘zgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi
to‘g‘risida qayd mavjud bo‘lgan holda) uning shaxsiy mol-mulki bo‘lgan tovarlarning, bundan
avtotransport vositalari mustasno;
ushbu Kodeksning 
158 
va 
160-moddalarida 
ko‘rsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning
notijorat maqsadlardagi transport vositalarining;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart
bo‘lmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;
(260-modda “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-
fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y.,
03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarning;
(260-modda “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
v) bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarning, bundan ushbu moddaning 
“g” bandida 
nazarda
tutilgan hollar mustasno;
jismoniy shaxslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining;
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining, bundan ushbu
Kodeksning 
158 
va 
160-moddalarida 
ko‘rsatilgan hollar mustasno;


jismoniy shaxs kirib kelishidan yoki chiqib ketishidan oldin yoki keyin olib kiriladigan yoki olib
chiqiladigan, alohida kuzatib kelinayotgan bagajda bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan
tovarlarning;
Oldingi
 tahrirga qarang.
g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda:
Oldingi
 tahrirga qarang.
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha
bo‘lgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari
(shartnomalari, kelishuvlari) bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib o‘tilayotgan va
qonunchilikda belgilangan boshqa hollar mustasno;
(260-modda “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-
fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y.,
03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
xorijdagi ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan, ushbu tovarlarni
deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha besh ming AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi
tovarlarni olib chiqishda, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(260-modda “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha besh ming AQSh dollarigacha
bo‘lgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmog‘ida onlayn do‘konlari orqali eksport
qilish chog‘ida amalga oshiriladi.
(260-modda “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-
fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y.,
03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
d) ushbu moddaning 
“b”

“v”
va 
“g” bandlarida
ko‘rsatilgan hujjatlardan foydalangan holda —
elektron shaklda;
(260-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan “d”
kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son —
2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling