O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

251-modda. Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi


Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
tovarni jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha ushbu
Kodeksning 
222-moddasida 
nazarda tutilgan choralarni qo‘llamagan holda yetkazib berishni;
tovarni bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan joylarga joylashtirishni;
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini tovarlar kuzatuv hujjatlarining ko‘chirma nusxalari
asosida amalga oshirib, keyinchalik ushbu hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishni;
bojxona yuk deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvida hujjatlarni tekshirishni tovarning
namunalari va nusxalarini olmagan holda amalga oshirishni.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi qonunchilikka muvofiq
boshqa choralarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
(251-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan, avariyalar yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri
oqibatlarini tugatish uchun zarur bo‘lgan tovarlarning, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida
yuborilayotgan tovarlarning, tez buziladigan tovarlarning, tirik hayvonlarning, radioaktiv
materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi birinchi navbatda va soddalashtirilgan tartibda amalga
oshiriladi.
37-bob. Deklaratsiyalash
252-modda. Deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar va (yoki) transport vositalari
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda, bojxona
rejimi o‘zgartirilayotganda, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda bojxona
organlariga deklaratsiyalanishi lozim.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling