O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Guvohnoma olish uchun talablar va shartlar


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

228-modda. Guvohnoma olish uchun talablar va shartlar
Guvohnoma olish uchun transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining 
birinchi qismi
talablariga va XYT daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona
konvensiyasida 
(Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
229-modda. Guvohnoma olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar
Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish
zonasida yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan yoxud jismoniy shaxs doimiy yashayotgan bo‘lsa, o‘sha
bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan
belgilanadigan shakl bo‘yicha arizani;
transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi
hujjatning ko‘chirma nusxasini;
XYT daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona 
konvensiyasi
(Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) bilan belgilangan shakl bo‘yicha guvohnoma blankasini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, o‘ngdan ko‘rinishi, shuningdek
plombalar va muhrlar qo‘yiladigan joyning tasviri mavjud bo‘lgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan
rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta transport vositasining ko‘pi bilan ikki tomonini bir
vaqtning o‘zida tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.
Konstruksiyaning turi bo‘yicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining
faoliyat ko‘rsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan bo‘lsa, o‘sha bojxona


organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan
belgilanadigan shakl bo‘yicha arizani;
transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini;
XYT daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona 
konvensiyasi
(Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) bilan belgilangan shakldagi guvohnoma blankasini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, o‘ngdan ko‘rinishi, shuningdek
plombalar va muhrlar qo‘yiladigan joyning tasviri mavjud bo‘lgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan
rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining ko‘pi bilan ikki tomonini bir
vaqtning o‘zida tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.
Guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizada arizachining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Guvohnoma berish to‘g‘risidagi arizada arizachining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning o‘z
arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda
olishga bo‘lgan roziligidir.
Arizachidan ushbu moddada ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun arizachi javobgar bo‘ladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling