O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

31-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish
218-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish
talablari hamda shartlari
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari jo‘natuvchi bojxona
organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini
tashish uchun qabul qilgan tashuvchining javobgarligi ostida tashiladi.
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar qaysi tovarlarga
va (yoki) transport vositalariga tegishli bo‘lsa, o‘sha tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bir xil
tartibda yetkazib beriladi va taqdim qilinadi.
Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va (yoki) transport vositalari:
tovar kelib tushadigan bojxona organiga jo‘natuvchi bojxona organi belgilagan muddatlarda
va yo‘nalishlar bo‘yicha, agar ular ushbu moddaning 
oltinchi qismiga 
muvofiq belgilangan bo‘lsa,
tashuvchi tomonidan yetkazib berilishi;
tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etilishi;
tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni
istisno etganda, o‘zgarmas holatda qolishi hamda tashishdan boshqa biror maqsadda
foydalanilmasligi lozim.
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berishning eng ko‘p muddati
quyidagi hisob-kitob bilan belgilanadigan muddatdan oshmasligi kerak:
havo transporti uchun — uch kalendar kundan;
avtomobil va suv transporti uchun — o‘n kalendar kundan;
temir yo‘l transporti uchun — ikki ming kilometr uchun o‘ttiz kalendar kundan.
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun yetkazib berish muddati tashuvchining
arizasidan, tovarlarni tashishning odatiy muddatidan, transport vositasining turi va
imkoniyatlaridan, arizachi tomonidan belgilangan harakat yo‘nalishi va boshqa tashish shartlaridan
kelib chiqqan holda, ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismida 
belgilangan muddat doirasida
jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari uchun belgilangan
yetkazib berish muddatlari tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda, yetkazish punktidagi bojxona
organi tomonidan tashuvchidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi.
(218-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son
— 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Bojxona nazorati ostida turgan ayrim tovarlarni bojxona hududi bo‘ylab tashish yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining asoslangan so‘roviga ko‘ra oraliq bojxona organi
tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga yetkazib berishning dastlab belgilangan
muddatini uzaytiradi.
Avtomobil transportida tashilayotganda bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni hamda
bojxona nazorati ostida turmagan boshqa tovarlarni bitta transport vositasiga joylashtirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarlarning ayrim turlarini tashiyotgan tashuvchilar uchun qonunchilik bilan qo‘shimcha
talablar belgilanishi mumkin.
(218-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling