O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

220-modda. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati
Tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tranzit deklaratsiyasi
yordamida amalga oshiriladi.
Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududi bo‘ylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojxona organigacha yetkazib
berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari bo‘yicha tashiladigan
tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi.
Olib chiqilayotgan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat bojxona
yuk deklaratsiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi (bundan jismoniy shaxslar tomonidan
doimiy yashash joyi o‘zgarganligi munosabati bilan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan
shaxsiy mol-mulk mustasno).
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda, tranzit
deklaratsiyasi sifatida mazkur shartnomalarda belgilangan hujjatlardan foydalaniladi.


(220-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga
kiradi)
221-modda. Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va transport vositalari hamda
ularning hujjatlariga identifikatsiyalash vositalarining qo‘llanilishi
Jo‘natuvchi bojxona organi bojxona hududi bo‘ylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan
tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona identifikatsiyalanishini ta’minlaydi, tovar kelib
tushadigan bojxona organi esa qo‘yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining mavjudligini va
butligini tekshiradi. Oraliq bojxona organlari va tovar kelib tushadigan bojxona organlari tovarning
kuzatuv hujjatlariga bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalari qo‘yilganligi to‘g‘risida qaydlar
qo‘yib chiqishi mumkin.
Bojxona identifikatsiyalash vositalari transport vositasiga yoki alohida yuk o‘rinlariga qo‘yilishi
mumkin.
Bojxona hududi bo‘ylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarning va (yoki) transport
vositalarining bojxona identifikatsiyalashining asosiy usuli ularga plombalar va muhrlar bosishdan
iborat. Plombalar va muhrlarni qo‘yish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 
197-
moddasida 
nazarda tutilgan bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalari qo‘llaniladi.
Agar chet davlatlar bojxona organlarining identifikatsiyalash vositalari ushbu Kodeks 227-
moddasining 
birinchi qismida 
belgilangan talablarga mos emas deb topilsa, jo‘natuvchi bojxona
organi tovarni va (yoki) transport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazib, ularga bojxona
identifikatsiyalashining yangi vositalarini qo‘yadi va bu haqda tovarning kuzatuv hujjatlariga
tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatlarning bojxona identifikatsiyalashini amalga oshirish maqsadida jo‘natuvchi bojxona
organi ushbu Kodeks 197-moddasining 
ikkinchi qismiga 
muvofiq bojxona identifikatsiyalash
vositalarini qo‘llaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling