O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Dastlabki ma’lumotni taqdim etish


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

206-modda. Dastlabki ma’lumotni taqdim etish
Xavfni boshqarish tizimini qo‘llashda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar,
bojxona ishi sohasida litsenziyalarga va ruxsatnomalarga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan yuk,
yo‘lovchilar, transport vositalari to‘g‘risida dastlabki tarzda taqdim etilgan axborotdan foydalaniladi.
Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet
davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan dastlabki axborot almashinuvini
amalga oshiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vakolatli shaxslar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga avtomobil, temir yo‘l va havo
transporti orqali olib kirilishi kutilayotgan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan
yo‘lovchilar va ularning bagajlari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni ular amalda yetib kelguniga qadar
Internet jahon axborot tarmog‘i orqali bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etishi shart.
Vakolatli shaxslar taqdim etiladigan dastlabki axborotning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
(206-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y.,
03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
207-modda. Bojxona organlari tomonidan xavfni baholash va boshqarish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona ishi sohasida huquqbuzarliklar
sodir etilganligi to‘g‘risidagi, shu jumladan tekshiruvlar amalga oshirilishi bosqichida turgan,
shuningdek protsessual qaror qabul qilingan barcha huquqbuzarlik faktlari haqidagi statistik va
tezkor axborotni to‘playdi, umumlashtiradi hamda tahlil qiladi.
Xavf profillari va ularni aniqlash hamda qo‘llash muddatlari, mezonlari O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Xavf profillaridan bojxona nazorati o‘tkazilayotganda bojxona nazorati shakllarini qo‘llash
uchun bojxona organlari tomonidan foydalaniladi va ular tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib
o‘tishni cheklash uchun asos bo‘la olmaydi.
Eng kam yoki eng ko‘p xavf toifasiga kiritish, shuningdek bojxona tartib-taomillari ayrim
turlarining hamda bojxona nazorati ayrim shakllarining qo‘llanilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan
birgalikda belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xavfning belgilangan profillari va indikatorlari tarkibi bojxona organlari tomonidan
foydalanish uchun mo‘ljallangan va boshqa shaxslarga oshkor etilishi mumkin emas, bundan
qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
(207-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling