O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona deklaratsiyasini berish muddati


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

261-modda. Bojxona deklaratsiyasini berish muddati
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi tovar kelib
tushadigan bojxona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kundan
kechiktirmay beriladi, bundan ushbu Kodeksning 
22

23 
va 
25-boblarida 
nazarda tutilgan hollar
mustasno.
Agar bojxona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojxona organi
ishlamaydigan kunga to‘g‘ri kelib qolsa, bojxona organining navbatdagi ish kuni shu muddat
tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari
bojxona chegarasini kesib o‘tguniga qadar yoki kesib o‘tish vaqtida beriladi.
(261-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib ketilguniga
qadar beriladi.
Tovarlarning o‘zini olib chiqmasdan yoki ularni olib kirmasdan bojxona rejimi o‘zgartiriladigan
tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasi avvalgi bojxona rejimi tugallanguniga qadar beriladi.


Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda qo‘l yukida va kuzatib
boriladigan bagajda bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda bojxona deklaratsiyasi tovarlarni
taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi.
Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganidan
so‘ng uch soatdan kechiktirmay deklaratsiyalanadi, bojxona hududidan chiqib ketayotgan
transport vositalari esa bojxona chegarasini kesib o‘tishdan kamida uch soat oldin
deklaratsiyalanadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling