O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Deklarantning huquqlari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

275-modda. Deklarantning huquqlari
Tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant quyidagi huquqlarga ega:
bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar
tovarlarni bojxona nazorati ostida ko‘zdan kechirish hamda o‘lchash, ularning namunalari va
nusxalarini olish;
tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazishda, bojxona
organining mansabdor shaxslari tomonidan namunalar va nusxalar olinayotganda tovarlarning
tekshirilishida hozir bo‘lish;
bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan olingan namunalar va nusxalarni
tekshiruvdan o‘tkazish natijalari bilan tanishish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga
kirish;
bojxona masalalari bo‘yicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish;
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati to‘g‘risida
bojxona organlarini xabardor qilish;
dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘ladigan
hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona
nazorati ostida joylashtirish;


(275-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli
Qonuniga 
asosan beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim
etish uchun mo‘ljallangan bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanish.
Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organiga taqdim etilgan, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan
ma’lumotlarning ishonchliligini isbotlash;
tovarning ma’lum qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zarurati tug‘ilganda, basharti
tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga muvofiq bojxona to‘lovlari
to‘lanishini ta’minlasa yoxud bojxona to‘lovlarini to‘lasa, deklaratsiyalangan tovardan bojxona
organining ruxsati bilan foydalanish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
tovarning bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organining qarori, uning mansabdor
shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
(275-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Deklarant qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(275-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling