O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


VII bo‘lim. Deklarant, bojxona brokeri va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

VII bo‘lim. Deklarant, bojxona brokeri va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis
39-bob. Deklarant
274-modda. Deklarantga qo‘yiladigan talablar
Quyidagilar deklarant bo‘lishi mumkin:
1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi;
2) chet ellik shaxs:
tovarlarni notijorat maqsadlarda olib o‘tuvchi jismoniy shaxs;
ushbu Kodeksning 
X bo‘limiga 
muvofiq bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi shaxs;
Oldingi
 tahrirga qarang.
Norezidentning qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy
muassasasi;
(274-modda birinchi qismining 2-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan
vakolatxonaga ega bo‘lgan shaxs shunday vakolatxonalarning o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan
tovarlarni vaqtincha olib kirish, reeksport qilish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga, shuningdek
erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishni ma’lum qilganda;
tashuvchi tovarlar bojxona nazorati ostida tashilayotganda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) tovarlar tranzit bojxona rejimida tashilayotganda:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati — temir yo‘l transportida;
tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi shaxs (haydovchi yoki vakolatli shaxs) — avtomobil
transportida.
(274-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan 3-
band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-
yil 3-maydan kuchga kiradi)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling