O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
-modda. Bojxona bojlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 291-modda. Bojxona yig‘imlari
290-modda. Bojxona bojlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i
Bojxona bojlariga import, eksport, alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) va mavsumiy bojxona bojlari kiradi. Import bojxona boji tovar bojxona hududiga olib kirilayotganda to‘lanadi. Eksport bojxona boji tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda to‘lanadi. Oldingi tahrirga qarang. Alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) bojxona bojlari qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llaniladi. (290-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mavsumiy bojxona bojlari tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va bojxona hududidan olib chiqishni tezkor tartibga solib turish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan bojxona bojlarining stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojxona bojlarining amal qilish muddati ular belgilangan paytdan e’tiboran olti oydan oshmasligi kerak. Oldingi tahrirga qarang. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarga soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i solinadi. (290-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 291-modda. Bojxona yig‘imlari Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yig‘imlari undiriladi: bojxona rasmiylashtiruvi; bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi; tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash; transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish; dastlabki qarorni qabul qilish; Oldingi tahrirga qarang. (291-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son) Oldingi tahrirga qarang. (291-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3- oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son) Oldingi tahrirga qarang. (291-moddaning birinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3- oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son) Oldingi tahrirga qarang. (291-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1- fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son) yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi. Oldingi tahrirga qarang. Bojxona yig‘imlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas. (291-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) Bojxona yig‘imlarining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling