O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona brokerining huquqlari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

281-modda. Bojxona brokerining huquqlari
Bojxona brokeri quyidagi huquqlarga ega:
deklarantdan yoki vakolatli shaxsdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni va
ma’lumotlarni, shu jumladan tijorat, bank siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil
etuvchi axborotni o‘z ichiga olgan hujjatlarni va ma’lumotlarni talab qilish va olish;


bojxona yuk deklaratsiyasini hamda tovarlarni deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va
ma’lumotlarni taqdim etish;
tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda
deklaratsiyalash maqsadida bojxona organlarining axborot resurslaridan foydalanish;
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 275-moddasining 
ikkinchi qismiga
muvofiq deklarantga berilgan huquqlardan foydalanish;
bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni
vakolatli shaxs sifatida bajarish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)
ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
(281-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona brokeri qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(281-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
282-modda. Bojxona brokerining majburiyatlari
Bojxona brokeri:
Oldingi
 tahrirga qarang.
deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi o‘z fuqarolik javobgarligini bazaviy hisoblash
miqdorining ming baravari miqdorida sug‘urtalashi;
(282-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-
son)
bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organiga bojxona maqsadlari uchun
zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikning tovarlarga doir talablariga, taqiqlariga, cheklovlariga rioya etgan holda
tovarlarni deklaratsiyalashni amalga oshirishi va bojxona organiga bojxona deklaratsiyasini berishi;
(282-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 276-moddasining 
ikkinchi qismiga
muvofiq belgilangan deklarantning majburiyatlarini bajarishi;
bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organlariga ko‘maklashishi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
tovarlarni jo‘natuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari
uchun foydalanmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(282-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona brokerining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
(282-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti bojxona
brokerining zimmasiga bojxona rejimining amal qilishini tugallash bilan bog‘liq operatsiyalarni
bajarish majburiyatlarini yuklamaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(283-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling