O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarlarni tasniflash


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

369-modda. Tovarlarni tasniflash
Tovarlarni tasniflash:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini talqin
etishning asosiy qoidalariga;
tasniflashning har qanday darajasidagi kichik subpozitsiyalarga doir izohlarga muvofiq
amalga oshiriladi.
Tovarlarni tasniflashda Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va
kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi iqtisodiy
faoliyatining tovar nomenklaturasiga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar
nomenklaturasiga doir tushuntirishlar tovar kodini uning xususiyatlari bo‘yicha aniqlashtirish
imkonini beradigan qo‘shimcha material sifatida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining bir xil talqin
etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organi ayrim turdagi tovarlarni tasniflash bo‘yicha qarorni
chop etadi.
Bojxona rasmiylashtiruvida tovarlar noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlangan taqdirda bojxona
organi tovarlarni tasniflashni mustaqil amalga oshiradi va ularning tasnifi bo‘yicha qaror qabul
qiladi.
Bojxona organlarining tovarlarni bojxona maqsadlarida tasniflash bo‘yicha qarorlari
majburiydir.
Bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)
ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
52-bob. Dastlabki qarorlar
370-modda. Tovarlarni tasniflash bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qilishi mumkin.
(370-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiydir.
Tovarlarni tasniflash bo‘yicha dastlabki qarorning shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat
bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling