374-modda. Dastlabki qarorlarning oshkoraligi. Tovarlarni tasniflash bo‘yicha berilgan
dastlabki qarorlarning reyestrini yuritish
Tovarlarni tasniflash bo‘yicha dastlabki qarorlar ochiq axborot bo‘lib, barcha yuridik va
jismoniy shaxslarga ularning yozma so‘rovlariga ko‘ra hech bir cheklovlarsiz taqdim etilishi kerak,
bundan tijorat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan axborot mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Tovarlarni tasniflash bo‘yicha berilgan
dastlabki qarorlarning reyestrini yuritadi va uning davriy ravishda e’lon qilinishini ta’minlaydi.
IX bo‘lim. Bojxona statistikasi. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish
53-bob. Bojxona organlari tomonidan bojxona statistikasini yuritish
375-modda. Bojxona statistikasi
Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan
belgilanadigan uslubiyot va tartibga muvofiq bojxona statistikasini yuritadi va shakllantiradi.
Bojxona statistikasi ma’lumotlaridan bojxona organlari tomonidan bojxona maqsadlari va
bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bojxona statistikasini yuritish uchun shaxslar tomonidan ushbu Kodeksga va boshqa
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar hamda
ma’lumotlardan, shuningdek bojxona organlari ixtiyoridagi hujjatlar va ma’lumotlardan
foydalaniladi.
Bojxona organlari davlat, tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z
ichiga olgan bojxona statistikasi ma’lumotlarini oshkor etmasligi shart, bundan qonunchilikda
nazarda tutilgan hollar mustasno.
(375-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona statistikasi tashqi savdo bojxona statistikasi va maxsus bojxona statistikasiga
bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |