O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-bob. Axborot va maslahat berish


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

55-bob. Axborot va maslahat berish
Oldingi
 tahrirga qarang.
380-modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik to‘g‘risida axborot berish
Bojxona organlari umumjahon Internet tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishini
ta’minlaydi.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik haqida axborot berish boshqa usul orqali ham amalga
oshirilishi mumkin.
(380-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
381-modda. Bojxona organlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha maslahat
berish
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari manfaatdor shaxslarga bojxona ishi masalalari va
bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maslahat berish bojxona organlari
joylashgan erda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Bojxona organlari tomonidan maslahat berish og‘zaki, elektron yoxud yozma shaklda bepul
amalga oshiriladi.
Maslahat berishda manfaatdor shaxslarga taqdim etilgan axborot tovarlar va transport
vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organlari tomonidan
qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos bo‘lmaydi.
56-bob. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish
382-modda. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish borasida
bojxona organlari tomonidan ko‘riladigan choralar
Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni
himoya qilish choralarini ko‘radi.
Bojxona hududiga olib kiriladigan va bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk
obyektlariga bo‘lgan huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash uchun bojxona organlari:
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud bo‘lgan
tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turishi;


intellektual mulk obyektlarini o‘z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishi mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling