O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

399-modda. Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini
bojxona chegarasi orqali olib o‘tish
Diplomatik pochtani va konsullik pochta qoplarini o‘z ichiga olgan joylar ushbu joylarning
xususiyatini ko‘rsatadigan ko‘zga tashlanuvchi tashqi belgilarga ega bo‘lishi kerak.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan chet davlatlarning diplomatik pochta va konsullik
pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu
moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar
mavjud bo‘lgan taqdirda, bojxona organi bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida
tegishli chet davlatning vakolatli shaxslari tomonidan konsullik pochta qopi ochilishini talab
qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi jo‘natilgan
joyiga qaytarib yuboriladi.
Diplomatik pochtada faqat diplomatik hujjatlar va rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan
tovarlar, konsullik pochta qopida esa, faqat rasmiy xat-xabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun
mo‘ljallangan hujjatlar yoki tovarlar bo‘lishi kerak.
58-bob. Chet ellik boshqa shaxslar uchun bojxona imtiyozlari
400-modda. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona
imtiyozlari
Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari o‘z shaxsiy foydalanishi uchun
mo‘ljallangan tovarlarni o‘zaro kelishuv asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdan va bojxona to‘lovlari
to‘lanishidan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishi va ushbu hududdan olib chiqishi
mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona
organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini
o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlari mustasno.
401-modda. Chet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari a’zolari uchun bojxona
imtiyozlari
Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki
boshqa rasmiy topshiriqlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga,
parlament va hukumat delegatsiyalari a’zolariga, shuningdek o‘zaro kelishuv asosida chet davlat
delegatsiyalarining a’zolariga chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari uchun
ushbu bo‘limda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur
shaxslarga hamroh bo‘lib kelgan oila a’zolariga ham beriladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling