O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI bo‘lim. Nazorat ostida yetkazib berish Oldingi tahrirga qarang. 407-modda. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop
O‘zbekiston
Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining ma’muriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining ma’muriy-texnik xodimlari hamda ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari o‘z shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlarni, shu jumladan ro‘zg‘orni dastlabki ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlari mustasno. XI bo‘lim. Nazorat ostida yetkazib berish Oldingi tahrirga qarang. 407-modda. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni bojxona chegarasi orqali nazorat ostida yetkazib berish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ijozati hamda nazorati ostida bojxona hududiga ularni olib kirish, ushbu hududdan olib chiqish yoki olib kirilgan ashyolarni undan olib o‘tishga yo‘l qo‘yiladigan tezkor-qidiruv tadbiridir. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar xalqaro qonunga xilof muomalada bo‘lishining oldini olish, shuningdek bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar har bir alohida holda chet davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishuvlarga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanadi, ya’ni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning, shuningdek boshqa ashyolarning o‘z nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yadi. Nazorat ostida yetkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi bo‘lgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yo‘l bilan topilgan ashyolarga nisbatan o‘zi bilan g‘ayriqonuniy xatti- harakatlar sodir etish kontrabanda deb hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda har bir alohida holda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan qabul qilinadi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bojxona organlari bilan kelishilgan holda tovarlarni nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiradi. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan giyohvandlik vositalari, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydi. Nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiruvchi organ rahbari qabul qilingan qaror haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini darhol xabardor qiladi. (407-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling