XI bo‘lim. Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
409 -modda. Shikoyat qilish huquqi
Vakolatli shaxslar bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan
tartibda shikoyat qilishga haqli.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan,
bojxona organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik
ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga doir ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan hujjat
bojxona organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan qarori deb e’tirof etiladi.
409 -modda. Shikoyat berish tartibi va muddatlari
Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)
ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat qilish bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona organlarining tekshiruvlar va bojxona auditi natijalari yuzasidan qabul qilingan
qarorlari ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi
to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay berilishi
mumkin.
Ushbu moddaning
ikkinchi qismida
belgilangan muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib
yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha yuqori
turuvchi bojxona organi tomonidan tiklanishi mumkin.
409 -modda. Shikoyatning shakli va mazmuni
Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar yozma yoki elektron tarzda yuborilishi mumkin.
Shikoyatda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) shikoyat berilayotgan bojxona organining nomi;
2) shikoyat berayotgan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va
yashash joyi yoki yuridik shaxsning nomi va manzili;
3) shikoyatdagi e’tirozlarni asoslantiruvchi holatlar;
4) ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati (mavjud bo‘lgan taqdirda);
5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari;
6) shikoyat berilgan sana.
Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni o‘z vaqtida ko‘rib
chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Shikoyat shaxsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning
vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |