Bojxona organi quyidagi hollarda shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etadi:
shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilganda
va uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma mavjud bo‘lmaganda;
shikoyat ushbu Kodeksning
409 -moddasida
belgilangan talablarga mos bo‘lmaganda;
shikoyat bergan shaxsdan shikoyatni to‘liq yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza
shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar kelib tushganda;
shikoyat bunga vakolatli bo‘lmagan shaxs tomonidan berilganda;
ilgari aynan o‘sha asoslar bo‘yicha shikoyat berilganda;
shikoyat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida yoki sudga berilganda.
Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan bojxona organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni to‘liq yoki
qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan e’tiboran besh kun ichida shikoyatni to‘liq
yoki qisman ko‘rmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida shikoyat bergan shaxsga
qaror qabul qilingan kundan
e’tiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar qilinadi.
Ushbu
modda birinchi qismining
ikkinchi
va
uchinchi xatboshilarida
nazarda
tutilgan
hollarda, bojxona organining shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etishi
shaxsning ushbu Kodeksning
409 -moddasida
belgilangan muddat doirasida takroran shikoyat berish yoki sudga murojaat qilish
huquqini istisno etmaydi.
409 -modda. Shikoyatni ko‘rib chiqish tartibi
Shikoyat bergan shaxs o‘z dalillarini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni shikoyatni ko‘rib
chiqish jarayonida shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli.
Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan bojxona organi o‘z tashabbusiga ko‘ra
yoki murojaat qiluvchi
shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Bojxona organi shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha shikoyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan
sanadan e’tiboran o‘n besh kalendar kuni ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshiruv o‘tkazish,
qo‘shimcha hujjatlarni talab qilib olish zarur bo‘lgan taqdirda esa bir oyga qadar bo‘lgan muddatda
asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: