O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


 -modda. Shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etish


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

409 -modda. Shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etish
1
1
2
3
4


Bojxona organi quyidagi hollarda shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etadi:
shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilganda
va uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma mavjud bo‘lmaganda;
shikoyat ushbu Kodeksning 
409 -moddasida
belgilangan talablarga mos bo‘lmaganda;
shikoyat bergan shaxsdan shikoyatni to‘liq yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza
shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar kelib tushganda;
shikoyat bunga vakolatli bo‘lmagan shaxs tomonidan berilganda;
ilgari aynan o‘sha asoslar bo‘yicha shikoyat berilganda;
shikoyat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida yoki sudga berilganda.
Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan bojxona organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni to‘liq yoki
qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan e’tiboran besh kun ichida shikoyatni to‘liq
yoki qisman ko‘rmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan kundan
e’tiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar qilinadi.
Ushbu modda birinchi qismining 
ikkinchi 
va 
uchinchi xatboshilarida
nazarda tutilgan
hollarda, bojxona organining shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etishi shaxsning ushbu Kodeksning
409 -moddasida 
belgilangan muddat doirasida takroran shikoyat berish yoki sudga murojaat qilish
huquqini istisno etmaydi.
409 -modda. Shikoyatni ko‘rib chiqish tartibi
Shikoyat bergan shaxs o‘z dalillarini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni shikoyatni ko‘rib
chiqish jarayonida shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli.
Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan bojxona organi o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki murojaat qiluvchi
shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Bojxona organi shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha shikoyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan
sanadan e’tiboran o‘n besh kalendar kuni ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshiruv o‘tkazish,
qo‘shimcha hujjatlarni talab qilib olish zarur bo‘lgan taqdirda esa bir oyga qadar bo‘lgan muddatda
asoslantirilgan qaror chiqaradi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling