O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Nazorat ostida yetkazib berish amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

408-modda. Nazorat ostida yetkazib berish amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi
orqali olib o‘tilayotgan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni,
prekursorlarni va boshqa ashyolarni olib qo‘yish yoki almashtirish
(408-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki
muomalasiga qonunchilikka muvofiq litsenziya yoki ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yiladigan
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar
nazorat ostida yetkazib berilayotganda bu tovarlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda to‘liq yoki qisman olib qo‘yilishi yoki almashtirilishi mumkin.
(408-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)


Odamlarning sog‘lig‘i, atrof muhit uchun katta xavf tug‘diradigan yoxud ommaviy qirg‘in
quroli tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ashyolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak.
409-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qo‘llanilganda musodara qilingan
pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni tasarruf etish
O‘zbekiston Respublikasining va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qo‘yish
paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qo‘llanilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha
musodara qilingan pul mablag‘lari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan
tushgan pul mablag‘lari bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qo‘llashda
ishtirok etgan davlatlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va chet
davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling