O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


 -modda. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror chiqarish


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

409 -modda. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror chiqarish
Bojxona organi shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellatsiya komissiyasini tashkil etadi.
Apellatsiya komissiyasining tarkibi va shikoyatni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Apellatsiya komissiyasi shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini
qabul qiladi:
shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risida;
ustidan shikoyat qilingan qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida;
qarorni bekor qilish va, zarur hollarda, yangi qaror qabul qilish to‘g‘risida;
bojxona organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb
e’tirof etish va ishning mohiyati bo‘yicha qaror chiqarish haqida.
Apellatsiya komissiyasining qarori shikoyat bergan shaxsga uch kun ichida yozma shaklda
yuboriladi yoki topshiriladi, ko‘chirma nusxasi esa tegishli bojxona organiga yuboriladi.
Apellatsiya komissiyasining ushbu Kodeksda belgilangan asosda va tartibda chiqarilgan
qarori bojxona organlari tomonidan ijro etilishi shart.
409 -modda. Bojxona organiga yoki sudga shikoyat berish oqibatlari
Bojxona organlarining qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib
chiqiladi va hal etiladi.
Ariza sudga berilgan taqdirda, bojxona organi qarorining shikoyat qilinayotgan qismini ijro
etish ariza sud tomonidan ish yurituvga qabul qilingan kundan e’tiboran va sudning qarori qonuniy
3
2
5
6
7


kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turiladi.
(XI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan
kuchga kiradi)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling