O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida o‘tadigan diplomatik agentlar


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

402-modda. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida o‘tadigan diplomatik agentlar,
konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya a’zolari uchun
bojxona imtiyozlari


Chet davlatning diplomatik agentlariga va konsullik mansabdor shaxslariga, ularning oila
a’zolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 
401-moddasida 
ko‘rsatilgan shaxslarga bojxona
hududidan tranzit tarzida o‘tayotganda chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining diplomatik
agentlari uchun nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi.
403-modda. Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, ular
huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ularning xodimlari uchun bojxona
imtiyozlari
Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet
davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatxonalarning xodimlari va
ularning oila a’zolari uchun bojxona imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarida belgilanadi.
59-bob. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va
konsullik muassasalari hamda ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
404-modda. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari
va konsullik muassasalari uchun bojxona imtiyozlari
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik
muassasalari bunday vakolatxonalar va muassasalar tomonidan rasmiy foydalanish uchun
mo‘ljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) bojxona chegarasi orqali olib
o‘tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona to‘lovlari to‘lanishidan ozod etilgan holda
O‘zbekiston Respublikasiga olib kiradi va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqadi, bundan
tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish
vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlari
mustasno.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling