365-modda. Tovarni bojxona hududiga olib kirishni uning kelib chiqishi asosida rad etish
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlari
bojxona hududiga olib kirilishi mumkin bo‘lmagan mamlakatda ishlab chiqarilganligiga asoslar
mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona organi tovarni bojxona hududiga olib kirishni rad etishi mumkin.
(365-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
366-modda. Tovarni kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat mavjud bo‘lmagan taqdirda
chiqarib yuborish
Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib
yuborishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi.
Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat mavjud bo‘lmaganda yoki ushbu sertifikatning
va (yoki) unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda tovarga nisbatan
bojxona bojining ikki baravar oshirilgan stavkasi qo‘llaniladi, bundan ushbu Kodeksning
365-
moddasida
nazarda tutilgan hol mustasno.
Tovarlar bojxona to‘lovlari to‘lanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirilgan
sanadan e’tiboran bir yildan kechiktirmay bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib
chiqish to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng ko‘p qulaylik berish rejimi yoki
erkin savdo rejimi qo‘llanilishi yoki qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda bojxona to‘lovlarining
to‘langan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning
49-bobiga
muvofiq amalga oshiriladi.
51-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi
367-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining
asosiy qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tovarlarning
tizimlashtirilgan ro‘yxati bo‘lib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, o‘lchov
birliklarini hamda izohlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi Umumjahon
bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga
asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi belgilangan
tartibda joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tashqi savdoni
hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini tarif va notarif tartibga solish choralarini
amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish uchun
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |